Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » BIOFAOL QO‘SHIMCHALAR VA OZDIRUVCHI VOSITALARNI EHTIYOTSIZ ISTE’MOL QILMANG!

BIOFAOL QO‘SHIMCHALAR VA OZDIRUVCHI VOSITALARNI EHTIYOTSIZ ISTE’MOL QILMANG!

11-09-2026, 13:37
37
Bugungi kunda vazn kamaytirish maqsadida turli biofaol qo‘shimchalar va ozdiruvchi vositalarni mutaxassis tavsiyasisiz iste’mol qilish holatlari ko‘paymoqda.

✅ Bunday vositalarni nazoratsiz qabul qilish quyidagi noxush holatlarga olib kelishi mumkin:

✅ yurak urishining tezlashishi;
✅ qon bosimining oshishi yoki pasayishi;
✅ bosh og‘rig‘i va bosh aylanishi;
✅ ko‘ngil aynishi, ich ketishi;
✅ uyqusizlik va asabiylashish;
✅ jigar va buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir;
✅ organizmda suvsizlanish;
✅ allergik reaksiyalar va boshqa salomatlik muammolari.

✅ Har qanday biofaol qo‘shimcha yoki ozdiruvchi vosita hamma uchun birdek xavfsiz emas! Ayniqsa, surunkali kasalligi bor insonlar ularni shifokor yoki malakali mutaxassis tavsiyasisiz qabul qilmasligi kerak.

✅ Sog‘lom vazn kamaytirishning eng to‘g‘ri yo‘li — muvozanatli ovqatlanish, jismoniy faollik va mutaxassis tavsiyasiga amal qilishdir.

✅ Salomatligingizni asrang — noma’lum va tekshirilmagan vositalarni o‘zboshimchalik bilan iste’mol qilmang!
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.