Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Bo'lim yangiliklari » Diqqat, jazirama! Anomal issiqda o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

Diqqat, jazirama! Anomal issiqda o‘zingizni va yaqinlaringizni asrang!

23-07-2026, 09:38
52
✅Jazirama kunlarda issiq urishidan himoyalanish maqsadida Sanepidqo‘mita Jondor tuman bo‘limi tavsiya etadi:
➖Ko‘proq suv iching: Kuniga 2-3 litr toza suv yoki ko‘k choy iching. Shirin va gazlangan ichimliklardan voz keching.
➖Soyada bo‘ling: Soat 11:00 dan 17:00 gacha quyosh tig‘iga chiqmaslikka harakat qiling.
➖Yengil kiyining: Och rangdagi, paxta matoli keng kiyimlar kiying va bosh kiyimdan foydalaning.
➖Taomnomani o‘zgartiring: Yog‘li,qovurilgan ovqatlarni cheklab, ko‘proq yangi uzilgan va yaxshilab yuvilgan meva-sabzavotlar iste’mol qiling.
✅ Bolalar va surunkali kasalligi bor yaqinlaringizni anomal issiqdan alohida asrang! Sog‘lig‘ingizda o‘zgarish sezsangiz,zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
✅Sanepidqo‘mita Gurlan tuman bo‘limi Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.